Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining oʻlimi, mazkur kelishuv muddatining oʻtishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tugaydi.
Sud tartibida undiriladigan aliment toʻlash:
bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib toʻla muomala layoqatiga ega boʻlganda;
foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda;
sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj boʻlmay qolgan deb topganda;
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda;
aliment oluvchi yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs vafot etganda tugatiladi.