OK · 227-modda

227-modda. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish oqibatlari

Oila kodeksi 28-bob. Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish Rasmiy manba (lex.uz)

Familiya, ism va ota ismi oʻzgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli oʻzgartishlar kiritadi.

Er (xotin)ning familiyasi oʻzgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini oʻzgartirishga sabab boʻlmaydi.

Ota-ona har ikkalasining familiyasi oʻzgartirilganda ularning oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari familiyasi ham oʻzgartiriladi.

Agar ota-onadan biri oʻz familiyasini oʻzgartirsa, ularning oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari familiyasini oʻzgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv boʻlmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari ishtirokida sud tomonidan hal etiladi.

Ota ismining oʻzgartirilishi uning oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalarining ota ismi albatta oʻzgartirilishiga sabab boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.