OK · 228-modda

228-modda. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish kiritish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish joyi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud boʻlib, manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tugʻilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilish haqidagi yozuvlar daftariga oʻzgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.