OK · 77-modda

77-modda. Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarning bola bilan koʻrishib turish huquqi

Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan koʻrishib turish huquqiga ega.

Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan koʻrishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan koʻrishib turishga toʻsqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning eng ustun manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota (ona)ga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.