SYK · 12-modda

12-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan toʻqqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Markaziy saylov komissiyasining bir nafar aʼzosi Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi.

Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga koʻra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya aʼzolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emas.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi tegishli guvohnomaga ega boʻladi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisining va uning oʻrinbosarining guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa aʼzolarining guvohnomasi esa Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi tomonidan imzolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.