SYK · 40-modda

40-modda. Nomzodlarni roʻyxatga olish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va bir mandatli saylov okruglari boʻyicha Qonunchilik palatasi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinadi, mahalliy Kengashlar deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlarni roʻyxatga olishni esa tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasi amalga oshiradi.

Nomzod etib roʻyxatga olingan shaxsga roʻyxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.

Nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani koʻrsatgan holda eʼlon qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.