SYK · 42-modda

42-modda. Nomzodlik maqomidan mahrum etish. Nomzodning nomzodlikdan voz kechishi

Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi, shu jumladan partiya roʻyxati boʻyicha oʻz qarorini saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli saylov komissiyasi tomonidan nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar tegishli saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.

Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.

Nomzod saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum boʻlgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda chop etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr oʻchiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish chogʻida haqiqiy emas deb topiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.