SYK · 42-1-modda

42-1-modda. Deputatlikka nomzodni partiya roʻyxatidan chiqarish

Partiya roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu roʻyxatdan quyidagi asoslarga koʻra chiqarilishi mumkin:

1) nomzodning oʻz xohishiga koʻra bergan arizasiga asosan;

2) nomzod ixtiyoriy ravishda siyosiy partiya aʼzoligidan chiqqan taqdirda;

3) ushbu Kodeksning 42-moddasida nazarda tutilgan tartibda nomzodlik maqomidan mahrum etilganda;

4) ushbu Kodeks 71-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda;

5) nomzodning boshqa partiya roʻyxatida ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda;

6) nomzod boshqa siyosiy partiyaning aʼzosi ekanligi aniqlanganda;

7) nomzod vafot etganda;

8) nomzodning bir mandatli saylov okrugidan ham nomzodi koʻrsatilganligi aniqlanganda.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.