Qonunchilik palatasi besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat boʻladi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining:
yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari boʻyicha saylanadi;
yetmish besh nafari yagona saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya roʻyxati asosida saylanadi.