SYK · 73-modda

73-modda. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyxatga olish

Markaziy saylov komissiyasi bir mandatli saylov okruglari boʻyicha hududiy saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi.

Yagona saylov okrugidan saylangan deputatlarni roʻyxatga olish ushbu Kodeksning 96-1-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Deputat etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan paytdan eʼtiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega boʻladi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmasidan soqit qilganligi toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qilishi shart.

Qonunchilik palatasi deputatlariga ular roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.