SYK · 74-modda

74-modda. Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish

Bir mandatli saylov okruglaridan saylangan deputatlarning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda, tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi.

Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bir mandatli saylov okruglari boʻyicha boʻshab qolgan oʻrinlarga Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida bir mandatli saylov okrugidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatining oʻrni boʻshab qolgan taqdirda, ushbu boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.