UJK · 103-modda

103-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni boʻlish

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uylaridagi turar joyni sherik paychilar oʻrtasida boʻlishga, agar ularning har biriga alohida turar joy ajratish mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Alohida boʻlmagan turar joylarni qayta qurish yoki oʻzgartirish hisobiga alohida turar joyga aylantirish mumkin boʻlganda ham turar joylarni qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.

Turar joyni boʻlish toʻgʻrisidagi nizolar sud tartibida hal etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.