UJK · 105-modda

105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti

Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti boʻlishi mumkin:

bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy;

ijaraga oluvchi, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi, turar joy mulkdori ulushiga toʻgʻri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, xonaning qismi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.