UJK · 17-modda

17-modda. Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imoratlarni uylar deb tan olish

Bogʻdorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega boʻlgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni talab qilishga haqlidirlar. Bu imoratlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uylar deb tan olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.