UJK · 18-modda

18-modda. Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish

Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga koʻra yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yashash uchun yaroqsiz boʻlgan uylar va turar joylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.