UJK · 26-modda

26-modda. Turar joyni almashtirish

Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan fuqarolar barcha voyaga yetgan oila aʼzolarining, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan oila aʼzolarining yozma roziligiga binoan oʻzlari egallab turgan turar joyni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining aʼzosi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almashtirishga haqlidirlar. Bunda oilaning voyaga yetmagan aʼzolari roziligi ota-onalar tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa – vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Mulkida uyi, kvartirasi boʻlgan yuridik shaxslar uni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi aʼzosi bilan almashtirishga haqlidirlar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.