UJK · 29-modda

29-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash

Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qoʻyilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yetkazilgan boshqa zararlar oʻrni qoplanadi yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zarar toʻlaligicha qoplanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.