UJK · 43-modda

43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga koʻchib kirish

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlariga koʻchib kirish uchun beriladi. Bunday koʻchib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qatʼi nazar, qoʻllanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.