UJK · 44-modda

44-modda. Kvartirada boʻshagan turar joyga koʻchib kirish

Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turar joydan alohida boʻlmagan va shu turar joyga tutash xona boʻshab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak.

Agar kvartiradagi alohida xona boʻshasa, u belgilangan norma boʻyicha uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan bir necha ijaraga oluvchi boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng koʻp muhtoj boʻlgan ijaraga oluvchi boʻshagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.

Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) boʻshagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.