UJK · 48-modda

48-modda. Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha turar joydan foydalanish

Ijaraga berish shartnomasi boʻyicha munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanayotgan ijaraga oluvchi undan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi shart.

Agar ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, turar joydan belgilangan maqsadga va ijaraga berish shartnomasi shartlariga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.