UJK · 51-modda

51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila aʼzolari va boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritish huquqi

Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila aʼzolarini, oilaning voyaga yetgan barcha aʼzolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan aʼzolarini koʻchirib kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi.

Turar joyga boshqa shaxslarni koʻchirib kiritishga qonunchilikning har bir kishiga moʻljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi talablariga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolgʻiz ota-onalarni koʻchirib kiritish hollari bundan mustasno.

Turar joyga ijaraga oluvchining oila aʼzosi sifatida koʻchib kelgan va ijara shartnomasiga kiritilgan fuqarolar, agar ular koʻchib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi oila aʼzolari oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi toʻgʻrisida boshqacha kelishuv tuzilmagan boʻlsa, boshqa oila aʼzolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega boʻladilar.

Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida koʻchib kirgan fuqarolar, shuningdek ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega boʻlmaydilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.