UJK · 88-modda

88-modda. Arendaga olingan turar joyni tasarruf etish

Arendaga oluvchi arendaga beruvchining roziligi bilan arendaga berilgan turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berishga va arenda shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijara), arendaga berilgan turar joyni tekin foydalanishga berishga haqlidir. Bunday hollarda arendaga oluvchi arendaga beruvchi oldida shartnoma boʻyicha javobgar boʻlib qoladi.

Turar joyni ikkilamchi arendaga (ijaraga) berish shartnomasi arenda shartnomasi amal qiladigan muddatdan uzoqroq muddatga tuzilishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.