UJK · 91-modda

91-modda. Arendaga berilgan turar joyda yashash sharoitlarini yaxshilash

Turar joyni arendaga oluvchi shaxs, agar arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, arendaga beruvchining roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan turar joylarda yashash sharoitini yaxshilovchi oʻzgartishlar qilish, rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.

Agar arendaga berilgan turar joyning sifati arendaga beruvchining roziligi bilan yaxshilansa, shartnoma muddati oʻtganidan keyin yoki shartnoma bekor qilinganda, basharti arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, arendaga oluvchi ushbu maqsadda qilgan barcha xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Arendaga berilgan turar joyni yaxshilash uchun arendaga oluvchi tomonidan arendaga beruvchi bilan kelishilmagan holda qilingan xarajatlar qiymati, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qoplanmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.