UJK · 95-modda

95-modda. Turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash

Basharti turar joy arendasi shartnomasi muddati oʻtganidan keyin ham arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan amalda foydalanishni davom ettirsa va arendaga beruvchi shartnoma muddati oʻtgunga qadar bunga eʼtiroz bildirmagan boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma xuddi oʻsha shartlar asosida qayta tiklangan deb hisoblanadi.

Turar joy arendasi shartnomasining muddati oʻtganidan keyin shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni lozim darajada bajargan arendaga oluvchi turar joy arendasi shartnomasini qayta tiklash masalasida boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.