UJK · 97-modda

97-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlariga kirish huquqi

Fuqarolar oʻzlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan oʻz pay badallari qismini toʻlagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning aʼzosi deb tan olinadi.

Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini toʻlagan fuqarolar faoliyat koʻrsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi boʻlishlari mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.