YK · 38-modda

38-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qoʻyish

Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman, shahar hokimiga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida taqdimnoma kiritadi. Tuman, shahar hokimi taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qoʻyish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi. Tuman, shahar hokimi, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qoʻshimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.

Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda, Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasi kiritadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.