PQ-544-son Qaror · 28.12.2006

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-544
  • Qabul qilingan sana:28.12.2006
  • Kuchga kirgan sana:28.12.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 51-52

“Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2004-yil 24-iyulda Bishkek shahrida imzolangan davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari haqidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2004-yil 24-iyulda imzolangan davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari haqidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 2006-yil 24-avgustda Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) mazkur qarorda qayd etib oʻtilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida Qirgʻiziston Respublikasiga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining ularda koʻzda tutilgan majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 28-dekabr,

PQ-544-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.