PQ-554-son Qaror · 04.01.2007

Investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-554
  • Qabul qilingan sana:04.01.2007
  • Kuchga kirgan sana:04.01.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1-2

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya loyihalarining ekspertizasini amalga oshirishda davlat va yakka tartibda yondashuvni taʼminlash, byurokratizm, rasmiyatchilik va sansalorlik faktlariga qatʼiyan chek qoʻyish va oldini olish, ekspertiza natijalari uchun mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri zimmasiga vazirlikda oʻtkaziladigan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslari samaradorligi va haqqoniyligini taʼminlash, shuningdek investitsiya loyihalari hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda qatʼiy nazoratni amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya takliflari monitoringi bosh boshqarmasi bevosita vazirga boʻysunadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri (E.M. Gʻaniyev) bir hafta muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalarni hisobga olgan holda Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va investitsiya takliflari monitoringi bosh boshqarmasining tuzilmasi va Nizomini qayta koʻrib chiqsin hamda yangilarini tasdiqlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 4-yanvar,

PQ-554-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.