PQ-714-son Qaror · 22.10.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-714
  • Qabul qilingan sana:22.10.2007
  • Kuchga kirgan sana:22.10.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 44

Respublika yoʻl fondiga yigʻimlar toʻlash boʻyicha imtiyozlar berishni tartibga solish hamda toʻlovlardan boʻyin tovlash holatlarining oldini olish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl fondi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 36-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻlda boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobil va/yoki motokolyaska sotib oladigan barcha guruh nogironlari;”.

2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartish 2007-yilning 1-noyabridan kuchga kiradi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 22-oktabr,

PQ-714-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.