PQ-713-son Qaror · 22.10.2007

“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-713
  • Qabul qilingan sana:22.10.2007
  • Kuchga kirgan sana:22.10.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 10

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Islom taraqqiyot banki (keyingi matnlarda — ITB deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish maqsadida yetti yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 25 yil muddatga 7,24 mln. islom dinori (ekvivalenti 10,5 mln. AQSH dollariga teng) miqdorda kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi jalb etiladigan kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi kredit mablagʻlaridan ITB tartib-qoidalariga muvofiq maqsadli va oʻz vaqtida foydalanish, shuningdek loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

ITB kreditini uzish, shuningdek kredit boʻyicha xizmatlarga komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

3. Quyidagilar:

loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;

loyihani moliyalashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq;

kreditni va kredit boʻyicha xizmatlarga komissiyalar toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan ITB oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.

5. ITB bilan qarz bitimi kuchga kirishi shartlarini bajarish uchun:

moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nomiga ITB krediti boʻyicha belgilangan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq vakolatnoma yuborish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga — vakolatnomada bayon etilgan instruksiyalarni bajarish majburiyatini qabul qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomiga tasdiqnoma yuborish vakolati berilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yilda mazkur loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga asbob-uskuna va mebel xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qarz bitimi kuchga kirgandan soʻng bir oy muddatda ITB krediti hisobiga moliyalashtiriladigan, xodimlarning cheklangan soni 8 kishidan iborat boʻlgan loyihani amalga oshirish guruhini tuzsin, uning zimmasiga loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, kredit mablagʻlaridan foydalanish hisob-kitobi va nazoratini ITB talablariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlash uchun javobgarlik yuklansin.

8. Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, oʻquv-koʻrgazma qoʻllanmalari hamda texnik vositalar bojxona toʻlovlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;

ITB krediti hisobidan loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undirib olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan;

kredit berilishi munosabati bilan ITB Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undirib olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi talabnomalariga koʻra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning koʻp marotabalik vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek ularning yashash joylarida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 22-oktabr,

PQ-713-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-oktabrdagi PQ-713-son qaroriga1-ILOVA

“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan texnik-iqtisodiy hisob-kitobi

* Obyektlar va uskunalarning yakuniy qiymati tender savdolaridan keyin aniqlanadi. Loyihani amalga oshirish davomida uning tarkibiy qismlarining narxiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.

** Kredit boʻyicha komissiya miqdori kredit boʻyicha tanlovlar sanalariga muvofiq aniqlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-oktabrdagi PQ-713-son qaroriga2-ILOVA

“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasini moliyalashtirish jadvali*

* Maʼlumotlarga loyihaning amalda borishi va tender natijalariga qarab aniqlik kiritilishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-oktabrdagi PQ-713-son qaroriga3-ILOVA

“Beshta kasb-hunar kollejini qurish va jihozlash” loyihasi boʻyicha kreditni va komissiya haqini soʻndirishning prognoz jadvali

* Toʻlov miqdori kreditni oʻzlashtirishning haqiqiy sanalariga qarab aniqlashtiriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.