PQ-707-son Qaror · 10.10.2007

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-707
  • Qabul qilingan sana:10.10.2007
  • Kuchga kirgan sana:10.10.2007
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 10

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz maʼnaviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Roʻza hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. 2007-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13-oktabrga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatini inobatga olib, 2007-yil 13-oktabr mamlakatimizda Ramazon bayramining birinchi kuni sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 10-oktabr,

PQ-707-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.