Respublika sportchilarining xalqaro miqyosda misli koʻrilmagan gʻalabaga erishganliklari, ularning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlashga qoʻshgan hissalarini eʼtiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-avgustidagi PF-465 raqamli Farmonining 3-bandi “pul mukofotlari topshiriladi” soʻzlaridan keyin quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
oltin medal — 10000 AQSh dollari;
kumush medal — 5000 AQSh dollari;
bronza medal — 3000 AQSh dollari.
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy banki bilan birgalikda bir hafta ichida mazkur Farmonning 3-bandiga muvofiq toʻlov tartibi toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-aprel,
PF-821-son