PF-794-son Farmon · 18.03.1994

Savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-794
  • Qabul qilingan sana:18.03.1994
  • Kuchga kirgan sana:18.03.1994
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

(Sarlavha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 23-yanvardagi PF-2805-son Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 41-modda)

Aholining tovarlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ular bilan ichki bozorni toʻldirish, shuningdek respublika savdo tarmogʻi faoliyatini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida:

1. Savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari respublikaning savdo tashkilotlariga xizmat koʻrsatishdan, savdo tashkilotlari bilan xalq xoʻjalik boshqa tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi savdo-xarid operatsiyalari va hisob-kitoblarni mablagʻ bilan taʼminlashdan iborat deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Markaziy banki “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, “Oʻzkooptayyorlovsavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankining muassislari boʻlishi taklif etilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat bankini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam bersin.

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” aksionerlik tijorat banki, shuningdek uning filiallari faoliyati uchun zarur shart-sharoitni yaratishda koʻmaklashsinlar.

(1 — 4 bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 23-yanvardagi PF-2805-son Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 41-modda)

5. Vazirlar Mahkamasi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 18-mart,

PF-794-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.