Ulugʻ oʻzbek olimi, munajjim, matematik, fizik, meʼmor, temuriylar sulolasining munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Muhammad Taragʻay — Ulugʻbek (Mirzo Ulugʻbek) tavalludiga 600 yil toʻlishi munosabati bilan:
jamoat fikrini quvvatlab, allomaning jahon ilm-fani va madaniyati ravnaqiga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtiborda tutib;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi qaroriga koʻra Mirzo Ulugʻbek yubileyi jahon qadriyatlari roʻyxatiga — 1994-yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan bayramlar qatoriga kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlarni hamda respublikada olib borilayotgan ulkan xayrli ishlarni inobatga olib;
yosh avlod qalbida milliy iftixor va vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish, ularning ilm-maʼrifatga boʻlgan intilishini ragʻbatlantirish hamda mustaqil Oʻzbekiston ilm-fani rivojiga koʻmaklashish maqsadida;
1994-yil Oʻzbekiston Respublikasida Mirzo Ulugʻbek yili deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 19-mart,
PF-796-son