PF-4080-son Farmon · 16.02.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4080
  • Qabul qilingan sana:16.02.2009
  • Kuchga kirgan sana:16.02.2009
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X.Fayziyev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 16-fevral,

PF-4080-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-fevraldagi PF-4080-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-son Farmoni 7-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoni 5-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.