PF-4089-son Farmon · 05.03.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-noyabrdagi PF-3937-son Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4089
  • Qabul qilingan sana:05.03.2009
  • Kuchga kirgan sana:05.03.2009
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 10-11

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-noyabrdagi PF-3937-son Farmonida:

2 va 3-bandlaridagi, shuningdek ilova nomidagi “Respublika” soʻzi “Xalqaro” soʻzi bilan almashtirilsin;

2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulot toʻgʻrisida keng xabardor qilish, sheriklarni izlab topish hamda oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni yetkazib berish toʻgʻrisida mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida xoʻjalik shartnomalari tuzishda, shuningdek eksportga mahsulotni yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda yordam koʻrsatish sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining asosiy vazifasi etib belgilansin”.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 5-mart,

PF-4089-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.