PF-3400-son Farmon · 20.02.2004

Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3400
  • Qabul qilingan sana:20.02.2004
  • Kuchga kirgan sana:20.02.2004
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 37

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-sonli “Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona shaharlarining tuman maʼmuriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan, umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida:

1. Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Toʻqimachi va Fayzulla Xoʻjayev tuman sudlari, Samarqand viloyatining Bogʻishamol, Siyob va Temir yoʻl tuman sudlari tugatilib, ularning negizida jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro va Samarqand shahar sudlari tashkil qilinsin.

2. Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Navoiy tuman sudi, Namangan viloyati Davlatobod tuman sudi, Fargʻona viloyati Qirguli tuman sudi tugatilsin.

3. Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Fayzulla Xoʻjayev tumanlararo sudi, Navoiy viloyatining Navoiy tumanlararo sudi, Samarqand viloyatining Temir yoʻl tumanlararo sudi tugatilib, ularning negizida fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro, Samarqand shahar sudlari va Romitan, Karmana tumanlararo sudlari tashkil qilinsin.

4. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi bir oy muddat ichida qayta tashkil etilgan sudlarni sudya kadrlar bilan toʻldirish masalasi boʻyicha tegishli takliflar kiritsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Fargʻona viloyat sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF–2682-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1, 4, 6 — 8-ilovalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF–3023-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004-yil 20-fevral,

PF-3400-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400 sonli Farmoniga 7-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PF-142-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2022-y., 06/22/142/0453-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.