PF-3376-son Farmon · 08.01.2004

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi Farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3376
  • Qabul qilingan sana:08.01.2004
  • Kuchga kirgan sana:08.01.2004
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 1-2

Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–1987-son Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF–3305-son Farmoniga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrdagi 553–II-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004-yil 8-yanvar,

PF-3376-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining2004-yil 8-yanvardagi PF–3376-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-con, 29-modda)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 337-modda)

3. “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida:

sarlavhadagi, kirish qismidagi, 3-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi, 4-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshidagi, 5-bandning uchinchi xatboshidagi, 7-bandning ikkinchi xatboshidagi, 8 va 9-bandlardagi, 10-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;

2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

10-bandning uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 23-sentabrdagi F–895-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Islohotlar va investitsiyalar boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi 4-kichik band toʻrtinchi xatboshidan va 5-kichik band oltinchi xatboshidan “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

7. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmonida:

3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

4-bandning birinchi xatboshidagi “ishonchli shaxslarga” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

5-banddagi “ishonchli shaxslar va bankrot korxonalarni tugatish komissiyalari” degan soʻzlar “bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2024-y., 06/24/85/0396-son)

9. “Bank tizimini yanada takomillashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF–2564-son Farmonida:

kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;

1-bandning birinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;

2-bandda:

birinchi va ikkinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.

(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

12. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-iyundagi PF-3090-son Farmonida:

sarlavhadagi va kirish qismidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;

2-bandning uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

3-banddagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.