PF-1503-son Farmon · 08.08.1996

Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1503
  • Qabul qilingan sana:08.08.1996
  • Kuchga kirgan sana:08.08.1996
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 8

Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz aralashishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)

5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshiradigan idoraviy taftish xizmatlarining mavjudligi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari (Davlat soliq qoʻmitasi va moliya vazirligi bundan mustasno) konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar mavjud taftish xizmatlarini tugatsinlar va oʻz tarkibidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil etishning auditorlik shakllarini qoʻllasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur bandning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, 1997-yil budjetida boshqaruv idoralarining lavozimlari roʻyxatidagi tegishli oʻzgarishlarni nazarda tutsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida tekshirishlarni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 10-dekabrdagi 696-son Farmon, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 8-noyabrdagi 574-son Farmoyishining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 8-avgust,

PF-1503-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.