PF-1550-son Farmon · 27.08.1996

“Oʻzbekiston-vatanim manim” qoʻshiq bayrami haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1550
  • Qabul qilingan sana:27.08.1996
  • Kuchga kirgan sana:27.08.1996
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 8

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston — Vatanim manim” qoʻshiqlar koʻrik-tanlovining xalqimiz maʼnaviy hayotida unutilmas voqea boʻlganligini, minglab fuqarolarimiz tomonidan zoʻr mamnuniyat va koʻtarinki ruh bilan qoʻllab-quvvatlanganligini eʼtiborga olib, kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bagʻri keng, mehri daryo xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprogʻini, mustaqillikni koʻz qorachugʻiday asrab-avaylash, buning uchun kerak boʻlsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qoʻshiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat tugʻdirish maqsadida:

1. Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston — Vatanim manim” qoʻshiq bayrami kuni deb eʼlon qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida qoʻshiq bayramini tayyorlash va oʻtkazish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 27-avgust,

PF-1550-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.