PF-1034-son Farmon · 06.01.1995

Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni roʻyxatga olish jarayonini osonlashtirish va tartibga solish maqsadida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1034
  • Qabul qilingan sana:06.01.1995
  • Kuchga kirgan sana:06.01.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini xorijiy sarmoya ishtirokida amalga oshiradigan yangi tuziladigan korxonalarni huquqiy jihatdan ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish vazifasi 1995-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklanib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur korxonalarni roʻyxatga olish vazifasidan ozod qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan zarur kelishuvni taʼminlab, qoʻshma korxonalarni qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoʻshma korxonalar davlat reyestrini, shuningdek xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatga olish uchun zarur boʻlgan va ijro uchun qabul qilingan hujjatlarni uch hafta ichida belgilangan tartibda Adliya vazirligiga topshirsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, oldin roʻyxatga olingan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar ushbu Farmonga muvofiq qaytadan roʻyxatga olinmaydi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ilgari qabul qilgan qarorlar, shuningdek vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlari bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 6-yanvar,

PF-1034-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.