Paxta va don yetishtirishni yanada koʻpaytirishdan qishloq xoʻjalik korxonalarining moddiy manfaatdorligini oshirish va qishloqda ijtimoiy masalalarni hal qilish maqsadida:
1. Sotish yuzasidan belgilangan topshiriqni bajargan xoʻjaliklar ixtiyorida qoldirilgan mahsulotlar ulushi paxta tolasi hajmining 40 foizgacha va boshoqli don ekinlari xarid hajmining 50 foizgacha oshirilsin, tegishli ravishda ilgari belgilangan davlat buyurtmasi hajmlari paxta tolasi 67 foizdan 60 foizgacha hamda boshoqli don ekinlariga 50 foizgacha kamaytirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 10 kun muddat ichida paxta va boshoqli don ekinlarining xarid narxlari boʻyicha, shuningdek paxta tolasining ulgurji narxlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 22-avgustdagi Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 19-yanvar,
PF-1068-son