PF-1083-son Farmon · 24.02.1995

Fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliqlar darajasini kamaytirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1083
  • Qabul qilingan sana:24.02.1995
  • Kuchga kirgan sana:24.02.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 4

Fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliqlar darajasini kamaytirish maqsadida:

1. 1995-yilning 1-martidan boshlab fuqarolar daromadining soliq olinmaydigan eng kam miqdori oyiga 300 soʻm miqdorida belgilansin.

2. 1995-yilning 1-martidan boshlab fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliqlar progressiv stavkasining cheklangan miqdori 45 foizdan 40 foizgacha kamaytirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

1995-yil 1-martgacha mehnat qilish sharoitlari alohida zararli boʻlgan ishlab chiqarishlarda ishlaydigan, amaldagi qonunchilikka muvofiq ular uchun soliq olishning imtiyozli tartibi belgilangan fuqarolarning ayrim toifalari roʻyxatini ular daromadlarining ushlab qolinadigan darajasi 25 foizdan oshmasligini nazarda tutgan holda tasdiqlasin;

fuqarolardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga belgilangan tartibda takliflar kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 30-noyabrdagi PF-1014-son Farmonining 5-bandi 1995-yil 1-yanvardan boshlab va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 7-fevraldagi PF-1080-son Farmoni 1-bandining toʻrtinchi xatboshi 1995-yil 1-martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 24-fevral,

PF-1083-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.