1. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umum taʼlim maktablari partiyadan holi etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, respublika davlat apparati idoralarida va xalq taʼlimi sistemasida siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga bundan buyon yoʻl qoʻyilmaydi.
Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 17-sentabr,
PF-260-son