Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida bildirilgan takliflar va mulohazalarga muvofiq hamda respublikani rivojlantirishning yetilgan masalalarini zudlik bilan paysalga solmay hal etish, xalq xoʻjaligining aholi turmush taʼminoti bilan bogʻliq boʻlgan barcha tarmoqlari ishini yaxshilash zarurligini eʼtiborga olib, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi barcha komplekslarining ishlarini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) ning 120-moddasidan kelib chiqib:
yuqorida qayd etilgan barcha masalalarga bevosita rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-prezidenti oʻrtoq Sh.R.Mirsaidov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 4-oktabr,
PF-269-son