PF-280-son Farmon · 22.10.1991

Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-280
  • Qabul qilingan sana:22.10.1991
  • Kuchga kirgan sana:22.10.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 12

Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik namoyandalarining ijodiy faolliklarini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, bozorga oʻtish sharoitida ularning turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyalanganligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasi tuzilsin.

2. Quyidagilar jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari deb hisoblansin:

— respublika ijodiy uyushmalarining moddiy-texnikaviy va moliyaviy negizini mustahkamlash;

— ijod namoyandalariga, ularning oilalariga maʼnaviy, moddiy, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish;

— ijod, dam olish uylari, uy-joy, dala hovlilari qurishda va boshqa qurilish turlarida moliyaviy yordam koʻrsatish;

— ijodkor xodimlarning pensiya taʼminotini yaxshilash.

3. Jamgʻarmaning moddiy-texnikaviy negizini rivojlantirish va mustahkamlash, unga moliyaviy yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining rezervidan 3 million soʻm ajratilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni roʻyobga chiqarishni tashkiliy jihatdan taʼminlash uchun qaror tayyorlasin va qabul qilsin, unda:

— Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini tayyorlash;

— Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasining taʼsis konferensiyasini oʻtkazish, unda jamgʻarmaning Kengashi va Boshqaruvini saylash, Ustavini qabul qilish nazarda tutilsin.

5. Respublikaning xoʻjalik organlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlaridan Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasiga moddiy-texnika resurslari ajratishda hamda oʻz daromadlaridan mumkin boʻlgan mablagʻlarni oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish soʻralsin.

Jamgʻarma va uning taʼsischilari bilan korxonalar, kolxozlar, sovxozlar, muassasalar va tashkilotlarning maʼmuriyatlari oʻrtasida ijodiy hamkorlik hamda ularning mehnat jamoalarini madaniy xizmat bilan taʼminlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzishni amaliyotga yanada keng joriy qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 22-oktabr,

PF-280-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.