PF-268-son Farmon · 04.10.1991

Kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan paxta tolasi va pillani sotish masalalari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-268
  • Qabul qilingan sana:04.10.1991
  • Kuchga kirgan sana:04.10.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 12

Kolxozlar, sovxozlar, ijara jamoalari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta xomashyosi va pilla yetishtirishni koʻpaytirish hamda xarid qilishdan manfaatdorligini oshirish, bozor munosabatlariga oʻtish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida va koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni sotishning mavjud tartibini qisman oʻzgartirib:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 1991 va keyingi yillar uchun belgilangan topshiriqdagi paxta tolasi va pillaning 5 foizi hamda belgilangan hajmdan ortiqcha olingan mazkur mahsulotlarning hammasi mamlakat ichkarisida ham va undan tashqarida ham kolxozlar, sovxozlar, ijara jamoalari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan ixtiyoriy ravishda sotiladi.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning ijroiya qoʻmitalari va rayonlarning ijroiya qoʻmitalari, respublikasining koʻrsatib oʻtilgan mahsulot turlarini sotish va yetkazib berishga daxldor boʻlgan vazirliklari va idoralari ushbu Farmonning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hukumatning tegishli qarorlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 4-oktabr,

PF-268-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.