PF-563-son Farmon · 16.02.1993

Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari uchun nizomdagi sarmoyaning eng oz miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-563
  • Qabul qilingan sana:16.02.1993
  • Kuchga kirgan sana:16.02.1993
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 3

Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va bank muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobatchilikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining:

1993-yilning 1-iyulidan boshlab amaldagi va yangidan tashkil qilinadigan tijorat banklari uchun nizom jamgʻarmasining eng oz miqdorini 100 million soʻm, kooperativ va xususiy banklar nizom jamgʻarmasining eng oz miqdorini 50 million soʻm qilib belgilash toʻgʻrisidagi;

Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan 1993-yilning 1-iyunigacha tijorat, kooperativ va xususiy banklarni mazkur Farmonning 1-bandi talablarini hamda ularning bundan buyon ishlashi qay darajada maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda respublika Oliy Kengashiga taqdim etsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 16-fevral,

PF-563-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.