PF-925-son Farmon · 25.07.1994

1994-yilning 1-avgustidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-925
  • Qabul qilingan sana:25.07.1994
  • Kuchga kirgan sana:25.07.1994
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 7

1. Oʻzbekiston Respublikasining hududida 1994-yilning 1-avgustidan boshlab:

ish haqi oʻrta hisobda 1,4 barobar oshirilsin va ish haqining eng oz miqdori oyiga 100 soʻm miqdorida;

fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 100 soʻm miqdorida;

hozir amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorlari oʻrta hisobda 1,4 barobar oshirilsin va mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 105 soʻm qilib belgilansin.

2. 1994-yilning 1-avgustidan oliy oʻquv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,4 barobar koʻpaytirilsin.

3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, budjetdan pul bilan taʼminlanadigan tashkilotlar va muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy taʼminot vazirligi mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq pensiyalar, stipendiyalarning va xodimlar mansab okladlarining miqdorlari oʻz vaqtida qaytadan hisoblab chiqilishini taʼminlasinlar.

4. Budjetdan pul bilan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika davlat budjeti va ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan qoplansin.

5. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq mehnat haqini oʻz daromad manbalari hisobidan oshirish tavsiya qilinsin.

6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 25-iyul,

PF-925-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.