PF-936-son Farmon · 19.08.1994

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan afv etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-936
  • Qabul qilingan sana:19.08.1994
  • Kuchga kirgan sana:20.08.1994
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 8-9

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan, mehr-shafqat va insonparvarlik tamoyillariga amal qilib, Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga asosan qaror qilaman:

1. 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmagan, ayollar, yoshi 60 dan oshgan erkaklar hamda 1- va 2-guruh nogironlari jazodan ozod qilinsin.

2. Birinchi marta ataylab qilgan jinoyatlari uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan yoki yengilroq jazoga hukm qilinganlar, shuningdek ehtiyotsizlik tufayli qilgan jinoyati uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilganlar jazodan ozod qilinsin.

3. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan va belgilangan jazo muddatining uchdan ikki qismini oʻtagan shaxslar jazo muddatining qolgan qismini oʻtashdan ozod qilinsin, belgilangan jazo muddatining yarmisini oʻtagan shaxslar esa badargʻa koloniyasiga oʻtkazilsin.

4. Oʻta ogʻir jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etilgan ashaddiy jinoyatchilarga, narkotik moddalar va oʻqotar qurollar bilan bogʻliq jinoyati uchun mahkum etilganlarga, uyushgan jinoiy guruhlarning ishtirokchilariga, shuningdek, jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilarga nisbatan afv qoʻllanilmasin.

5. Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va toʻrt oy davomida ijro etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1994-yil 19-avgust,

PF-936-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.